Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon turizmi koronavirusdan ko‘radigan zarar 22 mlrd dollarga baholandi
Mutaxassislar jahon turizmining yangi turdagi koronavirus tarqalishidan ko‘radigan zararini 22 mlrd dollarga baholashdi. Ularning ta'kidlashicha, xitoyliklar eng ko‘p pul sarflovchi sayyohlar hisoblanadi.
Bu haqda Jahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC) rahbari Gloriya Gevara El Mundo nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Virusning jahon turizmiga ta'siri qanday bo‘lishini aytishga hali erta, biroq Butunjahon turizm tashkilotida Oxford Economics mutaxassislari bilan birgalikda dastlabki hisob-kitoblarni o‘tkazdik. Ularga ko‘ra, ushbu inqiroz sohaga kamida 22 mlrd dollarga tushadi. Xitoy fuqarolari biror joyga borganda hammadan ko‘p pul sarflaydigan sayyohlardir”, deb aytgan Gevara.
Ta'kidlab o‘tish joiz, koronavirus bir hafta ichida 21 ta yangi davlatda, jumladan, Livan, Ummon, Isroil, Afg‘oniston, Gretsiya, Daniya, Avstriya, Estoniya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Pokiston, Norvegiya, Ispaniya, Braziliya, Jazoir, Shveytsariya, Xorvatiya, Bahrayn, Kuvayt va Polshada aniqlandi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
16:40 / 14.05.2025