Google Translate tarjimonida 5 ta yangi til paydo bo‘ldi
Google kompaniyasi Google Translate onlayn-tarjimonini yana 5 ta til bilan boyitdi. Unga jumladan turkman va uyg‘ur tillari ham kiritildi.
Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Tarjimonda endilikda ruanda, oriya, tatar, turkman va uyg‘ur tillarida tarjimalarni bajarish mumkin.
Ta'kidlanishicha, dunyoda bu tillarda so‘zlashuvchi odamlar soni 75 mlnga yaqinni tashkil qiladi. Endilikda tarjimonda hammasi bo‘lib 108 ta til bor.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, avval dasturni bu tillar bilan to‘ldirishda ularda yozilgan onlayn materiallar, ular bo‘yicha yordam qila oluvchi mutaxassislar yetarli bo‘lmagani to‘sqinlik qilgan.
Hozircha dasturning 1 foiz foydalanuvchilarigina yangi imkoniyatdan foydalana oladilar, ammo keyingi kunlar davomida bu ko‘rsatkich tobora oshib boradi.
Mavzuga oid
19:53 / 21.11.2022
“Gidlarga haqi to‘lab berilmoqda”. ShHT sammitida tarjimonlik qilib, haqini ololmaganlar haqidagi maqolaga munosabat bildirildi
14:11 / 20.11.2022
Haqini ololmayotgan gidlar: Samarqanddagi ShHT sammiti tarjimonlarining puli to‘lab berilmayapti
15:27 / 30.08.2022
“Xizmat pulli ekanini bilmagandik” - O‘zbekiston Muaytay federatsiyasi Malayziyada tarjimonning haqini bermagan
14:35 / 22.04.2020