Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi
Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 1 mart kuni marafon o‘tkaziladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu sababli 1 mart kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha shahardagi ayrim ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi.
Ular:
Oybek ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Afrosiyob ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Sharof Rashidov shohko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov shohko‘chasidan Alisher Navoiy nomli DAKTgacha bo‘lgan qismi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025