Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya sohillarida yuk kemasi cho‘kib ketdi, 13 kishi bedarak yo‘qoldi
Yuk kemasi ekipajining barcha a'zolari xorijliklar bo‘lgan. Ular orasida Xitoy, Vetnam va Filippin fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda.
Beliz bayrog‘i ostida suzuvchi GUOXING-1 yuk kemasi Yaponiyaning Aomori prefekturasi sohillarida baliqchilik kemasi bilan to‘qnashganidan so‘ng suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Agentlikning xabariga ko‘ra, 13 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Sohil qo‘riqlash xizmati vakillarining ma'lumot berishicha, to‘qnashuvda baliqchilik kemasi va uning 15 nafar ekipaj a'zosi jabr ko‘rmagan.
Yuk kemasi ekipajining barcha a'zolari xorijliklar bo‘lgan. Ular orasida Xitoy, Vetnam va Filippin fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda.
Bir kishi qutqarib olingan. Bedarak yo‘qolganlarni izlab topish uchun to‘rtta patrul kateri jo‘natilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025