O‘zbekiston | 09:23 / 04.03.2020
4754
2 daqiqa o‘qiladi

Elyor G‘aniyev Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekistonda investitsion loyihalarni amalga oshirishda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 3 mart kuni Transport vazirligida Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Vibke Shloyemer boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruviga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan konsultativ maslahatlar berish masalalari muhokama etildi.

Transport vaziri Elyor G‘aniyev Vibke Shloyemerni so‘nggi yillarda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda 2020 yilga belgilangan rejalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, aeroportlar ish faoliyatini takomillashtirish, bu yerda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasiga yetkazish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda davlat xususiy-sheriklik asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirishda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid