IIV tizimida 11ta lavozim tayinlovi amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirligi tizimida 11ta lavozim tayinlovi amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirining 29 fevraldagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 11ta lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, mayor Bahodirjon Vahobjonovich Nurmatov Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Nurmatov Xo‘jaobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Jamshid Payzullayevich Rasulov Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar J.Rasulov Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik O‘tkir Karimovich Badalov Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘.Badalov Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Sobitxon Sobirovich Abdurayimov Namangan viloyati, Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar S.Abdurayimov Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mayor Muzaffar Habibullayevich No‘'monov Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.No‘'monov Namangan viloyati, Pop tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Anvar Mamatovich Normamatov Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Normamatov Surxondaryo viloyati, Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Mirmuhammad Abduzoirovich Ishqorayev Surxondaryo viloyati, Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Ishqorayev Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Olim Zakirovich Ergashev Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O.Ergashev Toshkent viloyati IIBB Tashkiliy boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Dilmurod Hotamovich Valiyev Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar D.Valiyev Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Abduvahob Qo‘chqoraliyevich Temirzaqov Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Temirzaqov Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik O‘tkirbek Bozorboyevich Husainov Xorazm viloyati, Shovot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘.Husainov shu yerning o‘zida boshliqning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024