Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki koronavirusga qarshi kurashish uchun 12 mlrd dollar ajratmoqda
Jahon banki koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun birinchi badal sifatida 12 mlrd dollar ajratishini e'lon qildi.
Foto: REUTERS / Wana News Agency
“COVID-19’ga qarshi kurashdagi yordam paketi 12 mlrd dollargacha moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi. Undan 8 mlrd dollari tezkor tartibda ajratiladi”, deyilgan bank bayonotida.
Ta'kidlanishicha, Jahon banki rivojlanayotgan davlatlarga “sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga, jumladan odamlarni epidemiyadan himoyalash uchun tibbiy xizmatlardan foydalana olishini yaxshilash, kasalliklar ortidan epidemik nazoratni kuchaytirish, jamoat sog‘lig‘i sohasidagi tadbirlarni faollashtirish va iqtisodiyotga ta'sirni kamaytirish maqsadida xususiy sektorda hamkorlikka” yordam beradi.
Yordam Jahon bankiga kiruvchi tashkilotlar – Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi liniyalari orqali taqdim etiladi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025