Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazo o‘tayotgan mahkum transport vositasini olib qochdi
Toshkent viloyatida manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum Spark’ni olib qochdi
2020 yilning 28 fevral kuni noma'lum shaxs Toshkent tumani Qorasaroy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan, 24 yoshli Sh.X.ning boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasini haydab qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan va hozirda manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum, 21 yoshli A.Y. sodir etganligi aniqlanib, olib qochgan avtomashinani Toshkent shahar hududida boshqarib kelayotgan vaqtida ushlangan. A.Y. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
10:12 / 15.05.2025