Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasi bekor qilinmaydi - XOQ
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiadani koronavirus sababli bekor qilishni rejalashtirmayapti.
Bu haqda XOQ matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
“Qo‘mita barcha sportchilarni Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishga chaqiradi. XOQ sportchilarga yangi ma'lumot va ishlanmalarni taqdim qilgan holda ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi”, deyilgan XOQ bayonotida.
3 mart kuni XOQ Lozannada Olimpiadaga tayyorgarlik va koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘yinlar avval belgilangan muddatda – 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tishiga qaror qilgan.
XOQ ijroiya qo‘mitasi fevralda tashkil etilgan va tarkibiga XOQ, “Tokio-2020” tashkiliy qo‘mitasi, Tokio ma'muriyati va Yaponiya hukumati hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari kirgan ishchi guruhning Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarini yuqori baholashini va qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Avvalroq koronavirus sababli Olimpiadani boshqa yerga ko‘chirish, musobaqalarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish taklif qilinayotgani va hattoki o‘yinlar bekor qilinishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024