Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudlarda ishlar avtomatlashtirilgan tizim orqali taqsimlanadi
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonun yangi modda bilan to‘ldirildi
Prezident “Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, amaldagi “Sudlar to‘g‘risida” qonun yangi 69-1-modda (Sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlash) bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta'sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanadi. Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, mazkur qonun bilan “Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasi birinchi qismidagi xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tomonidan talabnomani olgan kundan boshlab unga javob qaytarishi shart bo‘lgan muddat bir oydan o‘n besh kunga qisqartirildi.
Bundan tashqari, mazkur qonun bilan Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslari, Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslarining tegishli moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025