O‘zbekiston | 21:00 / 12.03.2020
6936
2 daqiqa o‘qiladi

Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi Ozarboyjon neft sanoati bilan tanishmoqda

Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «O‘zbekneftgaz» delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davom etmoqda, deb xabar beradi AJ matbuot xizmati.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari «Socar» kompaniyasining «NIPIneftegaz» qoshida ochilgan ishlab chiqarish bazasi va «Azneft» kompaniyasining «Bibieybat» neft qazib olish boshqarmasida bo‘lib, neft qazib olish, qazib olish suratini oshirish va quduqlarda ta’mirlash ishlarini olib borish ishlari bilan tanishishdi.

Bundan tashqari, har bir quduqni ishlash rejimini nazorat qilish onlayn avtomatlashtirilgan tizimi ko‘rib chiqildi hamda o‘zaro fikr almashildi.

Delegatsiya a’zolari «Azneft» kompaniyasining «Bibieybat» neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbari bilan uchrashib, neft qazib chiqarish boshqarmasi boshqaruv faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida loyihalashtirish institut tomonidan olib borilayotgan ishlar, neft qazib chiqarish davomida o‘ta zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar deemulgator va ingibitorlar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ham tanishib chiqildi.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va delegatsiya a’zolari «Socar» neft qazib olish kompaniyasining bosma nashrlari chop etiladigan nashriyot faoliyati bilan tanishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid