Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda koronavirus xavfi sababli ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, hozirga qadar Qirg‘iziston hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. 500dan ortiq kishi shifokorlar nazorati ostida.
Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
"Hukumat koronavirus infeksiyasi borasidagi epidemiologik vaziyat yaxshilanmagunicha madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi. Bosh vazir Muhammedkaliy Abilgaziyev tegishli qarori imzoladi", - deb ma'lum qildi hukumat matbuot xizmati vakili.
Xabar qilinishicha, savdo, xizmatlar va umumiy ovqatlanish muassasasi sohalarida faoliyat olib boradigan jismoniy va yuridik shaxslarga cheklov bekor qilinmagunicha ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslik tavsiya etiladi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, hozirga qadar Qirg‘iziston hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. 500dan ortiq kishi shifokorlar nazorati ostida.
Xitoy bilan chegara yopilgan, mamlakatga boshqa davlatlardan kirib kelayotganlar teplovizorlar yordamida tekshirilmoqda. Koronavirus tarqalgan mamlakatlardan keluvchilar ikki haftalik karantinga joylashtirilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025