Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rigadan uchgan samolyot Namanganga qo‘ndi. Barcha yo‘lovchilar karantinga olinadi
16 mart kuni Uzbekistan Airways’ning HY104 reysi Latviya poytaxti Rigadan O‘zbekistonga parvoz qildi.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 21:44da Namangandagi aeroportga qo‘ngan.
Samolyotda 175 yo‘lovchi olib kelingan.
Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar Namangan shahrida ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.
Qayd etish kerakki, bu Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways’ning yakuniy qatnovi. 17 martdan ushbu yo‘nalish bo‘yicha barcha parvozlar bekor qilinadi.
Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus paydo bo‘lishi munosabati bilan joriy etilgan karantin choralari doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16 mart kunidan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qildi. Bundan keyin xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinishi mumkin.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025