Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur qanday qilib koronavirusga qarshi samarali kurasha oldi?
Singapur Xitoyga yaqin bo‘lishiga qaramasdan koronavirus tarqalishiga qarshi samarali kurashmoqda. Buning sababi - kasallikka chalinish bilan bog‘liq barcha holatlarni kuzatib borish va diagnostika tizimlarini zudlik bilan joriy etish.
Taniqli genetik Spenser Uellsning MIT Technology Review jurnalida yozishicha, Singapur hukumati koronavirusning asl xavfini tezlik bilan angladi va unga qarshi kurashish choralarini ko‘rdi.
2002-2003 yillardagi g‘ayrioddiy zotiljamga qarshi kurashishdagi tajribasiga tayangan holda Singapurda kasallikka chalingan har bir kishining boshqalar bilan muloqoti hushyorlik bilan aniqlandi. Natijada infeksiyaning bir odamdan ikkinchisiga yuqish holati ikki kun ichidayoq ma'lum bo‘ldi. Fevralda hukumat yoki tashkilotlar binolariga keladigan har bir kishi manzil va telefon raqamlarini taqdim etishi to‘g‘risida qaror chiqarildi. Bu bemorlarni aniqlashda tibbiyot «detektiv»larining ishini yengillashtirdi.
Virusga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatning ikkinchi omili — diagnostika testlarining zudlik bilan ishlab chiqilishi va joriy etilishi. Bu mamlakatga kelgan har bir kishida uch soat ichida koronavirus bor-yo‘qligini tekshirish imkonini berdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 243ta holat qayd etilgan, 109 bemor tuzalib ketgan, o‘lim holati yuz bermagan.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:00 / 11.04.2025