O‘zbekiston | 13:20 / 18.03.2020
22148
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline o‘z abonentlari uchun Kun.uz saytiga kirishni bepul qildi

Beeline Uzbekistan koronavirus tufayli Kun.uz va yana 4ta saytga kirishni bepul qildi.

«Sizlar Covid-19 koronavirusining tarqalishi haqida yirik va ishonchli manbalardan tezkor va eng muhimi, rasmiy ma'lumotlarni olishingizni istaymiz», deyilgan kompaniya bayonotida.

Beeline Uzbekistan abonentlaridan 18 martdan boshlab quyidagi onlayn yangiliklar nashrlaridan foydalanganda internet-to‘lovi yechilmaydi:

-Gazeta.uz
-Daryo.uz
-Uznews.uz
-Podrobno.uz
-Kun.uz (Mobil ilovaga ham)

Ta'kidlanishicha, Beeline Uzbekistan abonentlari uchun ushbu saytlarga kirish tariflanmaydi va internet-trafik uchun haq olinmaydi.

«Bepul kirish ma'lum IP manzillari to‘plamida taqdim etiladi. Bepul kirish ta'minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda, shuningdek, ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, sizning tarif rejangizga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi. Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish ta'minlanadi», deyiladi kompaniya izohida.

Ya'ni xabar ichida joylashtirilgan videolarni (You Tube va boshqa hostinglardagi videolar) tomosha qilish alohida tariflanadi va sarflangan trafik uchun haq olinadi.

Kun.uz saytining Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil dasturlarini ko‘chirib oling.

 

Mavzuga oid