Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli vaqtincha to‘xtatiladi
Oliy sud rayosati tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilgan.
«2020 yil 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida»gi Rayosat qarori qabul qilindi.
Hujjatda mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilishi nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilandi.
Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda videokonferensaloqa rejimida ko‘rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat'iyan man etilishi ko‘zda tutilgan», deiladi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
16:21 / 30.04.2025