Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SEOA direktori: «Kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti»
Ko‘rilgan choralar natijasida shu paytgacha faqatgina karantinga olingan va kasallikda gumon qilingan fuqarolarda ushbu kasallik aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining so‘zlariga ko‘ra, hozirda epidemiologik barqarorlik ta'minlanmoqda.
«Ko‘rilgan choralar natijasida shu paytgacha faqatgina karantinga olingan va kasallikda gumon qilingan fuqarolarda ushbu kasallik aniqlandi. Ya'ni, kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Shu orqali epidemiologik barqarorlik ta'minlanmoqda», - dedi Bahrom Almatov.
Bundan oldin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmasligi to‘g‘risida xabar bergandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021