Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasi boshqa vaqtga ko‘chirilishi masalasi ko‘rilmoqda
Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi koronavirus epidemiyasi sababli O‘yinlarni o‘tkazishning muqobil variantlarini ishlab chiqmoqda.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Olimpiadani bir oyga, 45 kunga, bir yoki ikki yilga ko‘chirish variantlari ko‘rib chiqilmoqda. Rejaga ko‘ra, Olimpiada 24 iyulda boshlanishi kerak.
Shuningdek, Olimpiadani tomoshabinlarsiz o‘tkazish varianti ham qaralmoqda. Ta'kidlanishicha, O‘yinlarning ko‘chirilish borasida qaror qabul qilishda Yaponiyaning bu masaladagi pozitsiyasi muhim omil hisoblanadi.
Avvalroq bir necha milliy Olimpiya qo‘mitalari koronavirus epidemiyasi sababli Olimpiada o‘tkazilishi muddatlarini ko‘chirishni qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
20:33 / 13.01.2025