Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasidan qarzdor iste'molchilar tarmoqdan uzilmaydi
Shuningdek, elektr energiyasi uchun to‘lov tizimlari va banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish mumkinligi eslatib o‘tilgan
Bugungi kunda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, ya'ni karantin davrida xalqqa yengillik yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor iste'molchilar (jismoniy) tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi belgilandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunday sa'y-harakatlar iste'molchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Shuningdek, iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatda mavjud barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolardan karantin davri tugashi bilan to‘planib qolgan qarzdorlikni bartaraf etishni so‘rab qolgan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025