Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindixonadan tibbiy niqoblarni yig‘gan shaxs aniqlandi, u ruhiy nosog‘lom - IIV
Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan chiqindi to‘kish joyida ishlatilgan tibbiy yuz niqoblarini yig‘ayotgan shaxsning tasviriga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv ishlari olib bordi.
Surishtiruv natijasida ma'lum bo‘lishicha, ushbu holat joriy yilning 8 mart sanasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tkinchi yo‘lovchilar tomonidan tasvirga olingan.
«Videotasvirdagi fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritilganida ruhiy nosog‘lom ekanligi aniqlandi hamda uning oila a'zolari bilan tushuntirish profilaktik suhbatlari olib borildi.
Yuzaga kelgan vaziyat ko‘pchilikda shubha uyg‘otdi. Biroq to‘g‘ri anglamasdan turib, unga baho berish noto‘g‘ri.
Ayni vaqtda barcha yurtdoshlarimizdan ishlatilgan yuz niqoblarini imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘raymiz», deyiladi IIV axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025