Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qayta tashkil etiladi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi etib qayta tashkil qilinadi.
Bu haqda 26 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, qayta tashkil etilgan vazirlikni Jamshid Qo‘chqorov boshqarishda davom etishi kutilmoqda.
Qo‘chqorov 25 fevral kuni Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.
U 2017 yil noyabrida Moliya vaziri etib tayinlangan, 2019 yil fevralidan Bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini shakllantirishda asosiy mas'ullardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025