Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoco Pie qutisiga nima yashirilgan edi?
Bojxona xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan hamda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy harakatini oldini olish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro D. Sh. boshqaruvidagi “Lada Largus” rusumli avtomashina shubha ostiga olinib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonida shirinlik qutisiga joylangan 168 dona kuchli ta'sir etuvchi Lyrica nomli dori vositalari borligi fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025