Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahzoda Charlz koronavirusdan sog‘aydi
Avvalroq koronavirusga chalingani ma'lum qilingan Britaniya taxti vorisi, shahzoda Charlz koronavirusdan sog‘ayib, karantin rejimidan chiqdi.

Foto: AP
Bu haqda Britaniya qirollik uyi vakiliga tayanib “Bi-bi-si” telekanali ma'lum qildi.
25 mart kuni shahzoda topshirgan test unda koronavirus borligini ko‘rsatgani ma'lum bo‘lgan. Shundan keyin 71 yoshli shahzoda o‘zini odamlardan alohidalashga qaror qilgan va bir hafta davomida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida qolgan.
Shahzodaning rafiqasi Kornuell gersoginyasining koronavirusga topshirgan testi unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Biroq gersoginya hafta oxirigacha karantinda qoladi.
Shahzoda qarorgohida ta'kidlanishicha, u virusni kimdan yuqtirib olganini aniqlashning imkoni yo‘q, chunki bungacha u turli odamlar bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgan. Jumladan, Charlz unda virus aniqlanishidan oldin koronavirusga chalingan yana bir monarx - Monako knyazi Alber II bilan ham uchrashgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 19522 nafarni, vafot etganlar soni 1415 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar orasida Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham bor. Hozirda u uyida karantinda qolmoqda va u yerdan turib hukumatni boshqarmoqda.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

22:49 / 06.12.2021
Britaniya qirolichasi taxtni o‘g‘liga topshirishni boshlagani aytildi

23:29 / 03.07.2021