Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagramʼdagi «zo‘ravonlar» aniqlanib, ushlandi
Instagram`ning Greenrapoff nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videoda 3 yigit jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatayotgani aks etgan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tezkor surishtiruv ishlarini olib bordi. Natijada videodagi shaxslar – Toshkent shahar Shayhontohur tumanida yashovchi Sh.A. (2000 y.t.) va J.H.lar (1999 y.t.) aniqlanib, ushlangan.
Videodagi holat shu yilning yanvar oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.
«Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat o‘tkazilib, xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar IIOga yuborildi», – deyiladi viloyat IIBB axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi
22:30 / 02.01.2025