O‘zbekiston | 19:51 / 06.04.2020
20542
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshi va Samarqandda karantin qoidalarini buzganlardan velosipedlar vaqtincha olib qo‘yilmoqda

Bugun, 6 aprel kuni Qarshi shahrida mototransport va velosipedda karantin qoidalarini buzgan 300dan ortiq fuqarolar aniqlandi va ularga belgilangan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, 6 apreldan e'tiboran «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilgan edi.

Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00dan e'tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanishi belgilangan edi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Samarqand shahrida ham bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Karantin qoidalari buzilgan deb topilgan holatlarda mototransport va velosipedlar Ichki ishlar idoralarining tegishli bo‘limlariga olib ketilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Mazkur vositalar karantin davri tugaguncha qadar IIB maxsus maydonlarida qoladi.

Mavzuga oid