Toshkentda isitish ta'minotini o‘chirish rejalashtirilmayapti – hokimlik
Toshkentda isitish mavsumi bugun, 10 apreldan yakunlanishi haqidagi ma'lumot to‘g‘ri emas, deb ma'lum qildi poytaxt hokimligi.

«Toshkent shahar hokimligi isitish mavsumi davom etayotganini, markaziy isitish ta'minoti o‘chirilishi rejalashtirilmayotganini ma'lum qiladi.
Toshkent shahar hokimining isitish mavsumining yakunlanishi haqidagi qarori ommaviy axborot vositalarida oldindan e'lon qilinadi», – deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab Toshkentda isitish tizimini navbatma-navbat o‘chirish rejalashtirilgan edi. Ammo keyinroq havo harorati tushib, hatto qor yog‘di – 8-9 aprel kunlari kechasi nol darajagacha sovuq kuzatildi.
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

08:14 / 04.04.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:56 / 03.04.2025