Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda pochtachilar aholiga bepul niqoblar yetkazib bermoqda
Juma kuni Tokioda ilk marta koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 200dan oshdi – meriya shaharda 201 kishida kasallik aniqlanganini tasdiqladi.

Foto: Kyodo
Yaponiya pochta xizmati 17 apreldan uylarga bepul tibbiy niqoblar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Japan Times gazetasining yozishicha, har bir pochta qutisiga ikki dona tibbiy niqob va ularni qanday yuvish borasidagi qo‘llanma tashlab ketilmoqda.
Niqoblar yetkazish koronavirusga chalinish eng ko‘p qayd etilgan mavzelardan boshlandi. Aholini bepul niqob bilan ta'minlash mamlakat bosh vaziri Sindzo Abening topshirig‘i bilan amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, 50 millionga yaqin oilaga bepul niqob tarqatiladi.
Juma kuni Tokioda ilk marta koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 200dan oshdi – meriya shaharda 201 kishida kasallik aniqlanganini tasdiqladi. Shaharda kasallik yuqtirganlar soni 2796taga, butun Yaponiya bo‘yicha esa 9231taga yetdi.
16 aprel kuni Abe butun Yaponiya bo‘yicha 6 maygacha favqulodda holat rejimi joriy etilishini ma'lum qildi. 15 aprel kuni mamlakat bosh vaziri hukumat daromadidan qat'i nazar har bir fuqaroga 100 ming iyendan (930 dollar) yordam puli berilishini e'lon qildi.
Mavzuga oid

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi

09:05 / 21.05.2025