O‘zbekiston | 07:17 / 18.04.2020
20125
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda prokuror-kriminalist lavozimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi

Foto: KUN.UZ

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

prokuratura organlarining belgilangan shtatlar jadvali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etish;

Moliya vazirligi bilan birgalikda prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda:

oliy yuridik ta'lim muassasalarida surishtiruv va tergov faoliyatining asoslari, kriminalistika, sud ekspertizasi va ushbu sohaga doir boshqa maxsus fanlarning chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilishini;

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat bosqichi 4-kurs hamda universitetning ixtisoslashtirilgan filiali 3-kurs talabalarining bevosita amaliyotda, shu jumladan surishtiruv va tergov organlarida o‘tash tartibi joriy etilishini;

tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida sud-tibbiyot ekspertlarini tayyorlashga ixtisoslashgan fakultetlarda davlat granti asosida o‘qitishning joriy etilishini;

tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining sud-tibbiyot ekspertizasi yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislarning kamida besh yil davlat ekspertiza muassasalarida ishlab berishi tartibi yo‘lga qo‘yilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid