Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX astronomlar uchun o‘z sun'iy yo‘ldoshlari yorqinligini kamaytiradigan bo‘ldi
SpaceX kompaniyasining Starlink sun'iy yo‘ldoshlari ulardagi quyosh panellari nurni jadal qaytarishi sababli tungi osmonda juda yorqin ko‘rinmoqda. Bu esa astronomlarga kuzatuvlar olib borishda to‘sqinlik qilmoqda.
Ko‘plab astronomlar Starlink sun'iy yo‘ldoshlarining haddan ziyod yorqinligidan shikoyat qilishni boshlashgach, Ilon Mask kompaniyasi qurilmalarni oz bilinadigan qilishga va'da bergan. Bu haqda Tech Crunch nashri yozdi.
Maskning ta'kidlashicha, SpaceX qurilmalardagi quyosh panellari burchaklarini kamroq nur qaytaradigan qilib o‘zgartiradi. Keyinroq sun'iy yo‘ldoshlarning bir qismi yuqoriroq orbitalarga o‘tib, quyosh panellarini Quyosh tomon buradi.
“Bu ularni oddiy ko‘z uchun kamroq bilinadigan qiladi, biroq shu bilan birga olisdagi obektlarni kuzatishga xalaqit qiluvchi yorug‘lik ifloslanishini hosil qiladi”, deb ogohlantirilgan kompaniyada.
Keyinroq qurilmalar qaytariluvchi nur jadalligini kamaytiruvchi soyabonlar bilan jihozlanadi.
Kuni-kecha SpaceX navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi. Shundan keyin ularning umumiy soni 422 taga yetdi.
Starlink global sun'iy yo‘ldosh aloqa tizimi bo‘lib, kompaniya hujjatlarida ko‘rsatilishicha, tizim uchun 12 mingdan 42 minggacha sun'iy yo‘ldosh talab etiladi. Kompaniya rejalariga ko‘ra, 2020 yilda Starlink sun'iy yo‘ldosh internetidan AQSh va Kanadada, 2021 yilda esa butun dunyoda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
17:37 / 22.04.2025