Jahon | 10:40 / 26.04.2020
50704
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Pandemiya vaqtidagi Ramazon

Dunyodagi millionlab musulmonlar uchun Ramazon oyi pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar tufayli ihotalanish sharoitlarida o‘tmoqda. Odatda Ramazon vaqtida musulmonlar ibodat uchun masjidlarda yig‘ilishar va iftorliklar uyushtirishadi. Ammo 2020 yilda dindorlardan uyda qolish so‘ralmoqda.

Sarayevo, Bosniya va Gersegovina Foto: PA/TASS

Juma kuni butun dunyodagi musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi boshlandi. Deyarli barcha musulmon davlatlarda karantin joriy etilgan.

Shu bilan birgalikda, ayrim davlatlar Ramazon oyi munosabati bilan karantin choralarini yumshatgan. Xususan, Suriya, Misr va Dubayda ayrim cheklovlar yumshatilgan - qo‘shimcha do‘konlar ochilgan, bu kunlarda istagancha ko‘chada bo‘lish mumkin.

Pokistonda ulamolar hukumat taqiqiga qaramay o‘z masjidlarini ochishdi. Pokiston shaharlaridagi ko‘chalarda karantin normalariga rioya etilishi politsiya va harbiylar tomonidan nazorat qilinmoqda. Bu mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 12,7 mingdan ortiq kishida  aniqlangan, 269 kishi vafot etgan.

Pokistonda dindorlar politsiya kuzatuvida GETTY IMAGES

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi masjidda esa ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ibodatlar ado etilmoqda. Pokistondagidan farqli ravishda bu mamlakatda ko‘pchilik uyda qolishni afzal ko‘rgan. Holbuki Malayziyada virusdan zararlanish holatlari kamroq - 5742 holat va 98 o‘lim.

Kuala-Lumpurdagi asosiy masjid deyarli bo‘sh GETTY IMAGES

Bosniya va Gersegovinaning bosh muftiysi Husayn Kaazovich Sarayevodagi masjidda kamchilik ishtirokida juma namozini o‘tkazdi. Shu kunlarda mamlakat Konstitutsiviy sudi hukumat besh kun ichida odamlarning harakatiga nisbatan cheklovni bekor qilishi bo‘yicha qaror chiqardi, sud bu qarorni fuqarolar erkinligiga zid deb hisoblagan. Ayni vaqtda bosniyaliklarga faqat arzirli sabab bilan qisqa muddatga ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan.

Sarayevoda juma namozi GETTY IMAGES

Keniyada aholining bir qismi islom diniga e'tiqod qiladi, ammo pandemiya tufayli hukumat mamlakatdagi barcha ibodat joylarini yopgan. Suratda Nayrobidagi masjid oldiga kelgan kishi Qur'on o‘qimoqda. Mamlakatda 343 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 14 nafari vafot etgan.

Nayrobidagi masjid yopiq REUTERS

Tailand hukumati Ramazon oyi boshlanishidan ikki hafta oldin musulmonlarni pandemiya vaqtida barcha qoidalarga rioya etish zarurligi haqida ogohlantirgandi. Dindorlardan bir-biridan masofa saqlash, qo‘l berib ko‘rishmaslik, quchoqlashmaslik, imkon qadar masjidlarga ibodat qilish uchun bormaslik so‘ralgan. Suratda - asosan musulmonlar istiqomat qiluvchi Naratxivat provinsiyasidagi oziq-ovqat bozori.

Musulmonlar bayram dasturxoni uchun xarid qilishmoqda AFP

Koronavirus pandemiyasi shusiz ham yaxshi ahvolda bo‘lmagan G‘azo sektori va Iordan daryosining g‘arbiy sohilida yashovchi falastinliklarni yanada qiyin holatga tushirib qo‘ydi. Ko‘pchilik karantin tufayli Isroildagi ish joylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Falastin muxtoriyati masjidlarni yopishga qaror qilgan. Suratda - tibbiy niqob taqqan muazzin musulmonlarni ibodatga chorlamoqda.

AFP
Rafax shahri, G‘azo sektori, Falastin Foto: Zuma/TASS
Achex provinsiyasi, Indoneziya Foto: AP/TASS
Karachi, Pokiston Foto: AP/TASS
Tailand Foto: Reuters
Uillou Grov, Pensilvaniya shtati, AQSh Foto: AP/TASS
Al-Quds, Isroil Foto: EPA/Vostock-photo
Parij, Fransiya Foto: EPA/Vostock-photo
Masjidni dezinfeksiyalash, Bosniya va Gersegovina Foto: AP/TASS
Bangkok, Tailand Foto: Reuters
Vuppertal, Germaniya Foto: DPA/TASS
Masjiddagi belgilar, Pokiston Foto: EPA/Vostock-photo
Nyu-York, Amerika Qo‘shma shtatlari Foto: Zuma/TASS

Mavzuga oid