Sport | 15:09 / 27.04.2020
23693
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti - Fransuz boksi “Savat” Assotsiatsiyasi tashkil etildi

Foto: Turonbank

Sog‘lom turmush tarzi, ommaviy sport yurtimizda hamisha diqqat markazida bo‘lgan, shaxsan davlatimiz rahbarining doimiy kuzatuvi va ko‘magida rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bugungi karantin kunlarida sportning ahamiyati yanada oshdi, salomatlikning naqadar ulug‘ ne'mat ekanligi yana bir bor anglab yetildi. O‘zbekistonda turli sport turlari bo‘yicha tashkilotlar bor va ular soni muntazam ravishda ortib bormoqda. Yangi tashkil etilgan fransuz boksi Savat Assotsiatsiyasi ham tez orada o‘z muxlislarini topib olishiga shubha yo‘q.

Xodjayev Shuhrat

Yaqinda O‘zbekiston fransuz boksi Savat Assotsiatsiyasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi va maxsus guvohnomaga ega bo‘ldi.Shuningdek, assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Assotsiatsiya prezidenti etib “Turonbank” ATB raisi Mirzayev Chori Sadibakosovich, Bosh kotib lavozimiga Xodjayev Shuhrat Arifdjanovichlar saylandilar.

 Assotsiatsiyaning ochilish marosimida yangi sport tashkilotining prezidenti Chori Mirzayev kirish nutqi bilan so‘zga chiqdi va faoliyatining yangi qirrasi haqida shunday dedi:

  “Fransuz boksi Savat chuqur ildizlarga ega bo‘lib, 300 yildan ko‘proq tarixga ega sport turi hisoblanadi. Fransuz boksi Savat 1924 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida rasmiy sport turlaridan biri bo‘lgan va Fransiya davlati milliy merosi hisoblanadi. Sportning yangi-yangi qirralarini ochishga havasmandlar yurti bo‘lgan O‘zbekistonda ham mazkur tarixiy sport turini rivojlantirish maqsadida bu sport turi havaskorlari tomonidan O‘zbekiston fransuz boksi Savat Assotsiatsiyasi tashkil etildi.Bizning asosiy maqsadimiz yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish va sport orqali millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishdir”.

Chori Mirzayev

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” Assotsiatsiyasining tashkil etilishi, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va asosiysi yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonlarni shakllantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishi shubhasiz. Zero, sog‘lom jamiyat- eng buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Instagram: instagram.com/turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid