Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV koronavirusda ibuprofen qabul qilish tavsiya etilmasligini tasdiqladi
Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasida ibuprofenni tana haroratini tushirishda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda tana harorati oshganda ibuprofen qabul qilish koronavirus infeksiyasi kechishini qiyinlashtirishi haqida savol berildi.
“Ha, xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasida ibuprofenni tana haroratini tushirishda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar siz o‘zingiz va oila a'zolaringizda tana harorati oshganini yoki O‘RVI alomatlarini sezsangiz, SSVning qisqa raqamiga murojaat qiling. O‘zini o‘zi davolash qat'iy tavsiya etilmaydi”, - dedi Habibulla Oqilov.
Bundan oldin, koronavirusdan o‘lim holatlari xloroxin preparati bilan bog‘liq emasligi bildirilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021