Jamiyat | 00:03 / 28.04.2020
15531
3 daqiqa o‘qiladi

«Yurak amri» insonparvarlik loyihasi Sirdaryo viloyatida davom etmoqda

Xonanda Sardor Rahimxon boshchiligidagi «Ajr Islom» kanalining «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi Sirdaryo viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.

Loyiha doirasida Sirdaryodagi xayriya tadbirlariga aktyor Dilshodbek Kattabekov boshchilik qilmoqda.

Aksiyaning birinchi kunida o‘ndan ortiq oilaga ehsonlar tarqatildi.

Dilshodbek Kattabekov xayriya loyihasi tafsilotlari haqida ma'lumot berdi

«Ayni damda yurtimizda karantin davri e'lon qilingan. Mana shu karantin davrida hukumatimiz tomonidan butun respublikamiz bo‘ylab mehrga muhtoj va miskin oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya, ehson asosida tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.

Qolaversa, shu qatorda, bir nechta ijodkorlarimiz, tadbirkorlarimiz va Alloh yo‘lida xalq uchun borini ayamaydigan saxovatpesha insonlarimiz tomonidan judayam ko‘plab xayriya aksiyalari e'lon qilingan. Shulardan biri – Sardor Rahimxonning «Ajr Islom» kanalida «Yurak Amri» loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bu loyiha poytaxtimiz bo‘ylab va respublikamizdagi ba'zi viloyatlarda ham o‘z xayriya aksiyalarini davom ettirmoqda va biz ham o‘zimizni Sirdaryo viloyatida ham xayriya ehsonlarini davom ettirishni ularga taklif kiritdik.

Ular bu taklifimizni qo‘llab-quvvatlashdi. Biz Sirdaryo viloyatida, tumanlarimizda va mahallalarimizdagi mehrga muhtoj, kam ta'minlangan va miskin oilalarga yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qilishni yo‘lga qo‘ydik.

Bu juda qisqa fursat ichida ro‘y berdi, ijtimoiy tarmoqlarimizga shu haqida rolik joylashtirganimizdan so‘ng, bizga saxovatpesha insonlarimiz tomonidan naqd pul va plastik kartalarimizga mablag‘lar kelib tushdi. Yetarlicha mablag‘ yig‘ilganidan so‘ng biz o‘ndan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarini birinchi navbatda o‘nta oilaga teng miqdorda bo‘lib chiqib va mana shularni mehrga muhtoj va miskin oilalarga tarqatish debochasida turibmiz.

Avvalambor, bu xayriya aksiyamizda ishtirok etgan barcha saxovatpesha insonlarimizni, o‘zlarining beg‘araz yordamlarini ayamagan insonlarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Sirdaryo viloyatidagi barcha tadbirkorlarni, ijodkorlarni Alloh yo‘lida xalqi uchun borini ayamaydigan barcha saxovatpesha insonlarimizni mana shu xayriya aksiyamizda ishtirok etishlarini chin dildan so‘rab qolaman», – deydi Dilshodbek Kattabekov.

Sardor Rahimxonning «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi 3 mingdan ortiq oilaga yordam berdi

Xayriya-insonparvarlik loyihasining Sirdaryo viloyati filialiga ehson qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

UzCard, Payme, Click:

8600 1204 5013 5044

SberBank:

2202 2012 6815 3687

Naqd pul yoki oziq-ovqat berish niyatidagi homiylar quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin:

+99899 4729822

+99893 3265777

Mavzuga oid