Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada maktablarni ochish va sport musobaqalari o‘tkazishga ruxsat berilmoqda
Germaniya hukumati maktablarni ochish va sport musobaqalari o‘tkazishga ruxsat berishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat federal kansleri Angela Merkel ma'lum qildi.
"Biz shartlarga rioya qilingan holatda sport maydonchalari va muzey, ko‘rgazma zallari, galereyalar, memoriallar, hayvonot va ekologiya bog‘larini ochishga kelishib oldik", — dedi u.
Merkel bu obektlar qachon va qanday tartibda ochilishini federal yerlar hal qilishini qo‘shimcha qildi. Bu masala 6 may kuni muhokama qilinadi.
Maktablar, universitetlar va boshqa o‘quv muassasalari 16 martda yopilgandi. 23 martdan nooziq-ovqat do‘konlari, madaniyat va sport muassasalari, qahvaxona va restoranlar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar yopildi.
Keyingi kunlarda cheklov choralari yumshatila boshlandi. Maydoni 800 kvadrat metrgacha bo‘lgan do‘konlar, avtomobil va velosiped salonlari, kitob do‘konlari ochildi. 4 maydan maktablar va sartaroshxonalar ochiladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025