Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya 43ta mamlakatga koronavirusga qarshi dorini bepul yetkazib beradi
Dori bundan olti yil avval grippni davolash uchun ishlab chiqarilgan. Ammo uning homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlangani uchun homilador ayollarga tavsiya etish taqiqlangan. Xitoylik shifokorlar uning yangi turdagi koronavirus infeksiyasi chaqiradigan zotiljamni davolashda samarali ekanligini aniqladi.
Yaponiya yangi turdagi koronavirus chaqiradigan zotiljamni davolash uchun "Avigan" dori vositasini 43ta mamlakatga bepul yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi ma'lum qildi.
Bu dori "Favipiravir" va "Favilavir" nomlari bilan ham tanilgan.
"Har bir mamlakat tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqotda "Avigan"ga nisbatan qiziqish katta ekanligi ma'lum bo‘ldi. Biz qariyb 80ta davlatdan "Avigan" yetkazib berish so‘rovini oldik. Bugungi kungacha 43ta mamlakat bilan yetkazib berish tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga erishdik", - dedi u.
Dori bundan olti yil avval grippni davolash uchun ishlab chiqarilgan. Ammo uning homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlangani uchun homilador ayollarga tavsiya etish taqiqlangan. Xitoylik shifokorlar uning yangi turdagi koronavirus infeksiyasi chaqiradigan zotiljamni davolashda samarali ekanligini aniqladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalingan soni 15,2 mingdan oshgan, 490 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025