Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yirik davlat jamg‘armasi ilk bor aktivlarini sotadi
Norvegiya mablag‘ taqchilligi sababli Pensiya jamg‘armasi aktivlarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Budjet taqchilligi 20 mlrd dollar atrofida baholanmoqda.
Dunyodagi eng yirik davlat jamg‘armasi hisoblanuvchi va trillion dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi Norvegiya Pensiya jamg‘armasi tarixda ilk bor o‘z aktivlarini sotadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Norvegiya hukumati davlatning ehtiyojlari u dividend va foizlardan oladigan summadan oshib ketgani sababli shunday choraga bormoqda.
Norvegiya markaziy banki rahbari Oysten Olsenning ta'kidlashicha, jamg‘arma o‘z aktivlarini sotish huquqiga ega. U birinchi navbatda obligatsiyalardan xalos bo‘lishga urinishi taxmin qilinmoqda.
Ayni vaqtda Norvegiya budjeti taqchilligi 20 mlrd dollarga baholanmoqda.
1990 yilda tashkil etilgan jamg‘arma neftdan olinadigan oshiqcha daromadlardan shakllantiriladi.
Jamg‘armada har bir norvegiyalik hisobida 190 ming dollardan saqlanadi. Unga dunyodagi barcha aksiyalarning 1,5 foizga yaqini tegishli hisoblanadi. Jamg‘arma aprelda bozorlar qulagani sababli 113 mlrd dollar zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin
16:49 / 15.02.2025