Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Oq uyning barcha xodimlari koronavirusga kundalik test topshiradi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning barcha xodimlari koronavirusga kundalik muntazam test topshirishlarini ma'lum qildi.
Trampning o‘zi va vitse-prezident Mayk Pens ham har kuni koronavirusga test topshiradi.
Bunga Trampning shaxsiy yordamchilardan birida koronavirus borligi tasdiqlangani sabab bo‘lgan.
AQSh rahbari jurnalistlar bilan brifingda o‘z yordamchisidan zararlanmaganiga umid qilishini, chunki u bilan deyarli muloqotda bo‘lmaganini aytgan.
Tramp koronavirusga nafaqat u, balki Oq uyning barcha xodimlari, jumladan Mayk Pens ham qon topshirishini ta'kidlab o‘tgan.
AQSh prezidenti tegishli tekshiruvdan 6 va 7 may kunlari o‘tganini va natijalar manfiy bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Trampning shaxsiy kamerdineri vazifasini bajaruvchi AQSh harbiy-dengiz kuchlari xizmatchisida koronavirus aniqlangani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
23:29 / 03.07.2021