Sardoba fojiasi: «Asr qurilishi»dan qolgan manzaralar
Suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talafot ko‘rgan.
2020 yil 1 may kuni O‘zbekistonda katta ehtimol bilan 1966 yilgi zilziladan keyingi yarim asr ichidagi eng yirik ofat ro‘y berdi – «Sardoba» suv ombori qurib bitkazilganiga uch yil o‘tar-o‘tmay dambaning bir qismi o‘pirilib, toshqin ro‘y berdi.
Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, bir inson bedarak yo‘qoldi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘istonda ham minglab insonlar boshpanasiz qoldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilishicha, suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talafot ko‘rgan.
Toshqin suvlari ushbu tumanlarning 10ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 23ta aholi punkti, hududlardagi 4711ta turar va 277ta noturar joy obektlariga hamda 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
10:16 / 06.11.2024
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari siljishi kosmik nazoratga olinadi
08:23 / 28.09.2024
“G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi
23:37 / 06.05.2024