Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi
Tiklash-ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, suv ombori to‘liq ochib yuborildi.
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanidagi sel suvlarini yig‘ishga mo‘ljallangan Qizilsuv suv ombori (xalq tilida No‘g‘ayli suv ombori) to‘liq ochib yuborildi. Ijtimoiy tarmoqlarda suvga qo‘shilib millionlab mayda baliqlar ham oqib chiqqani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Suv ombori boshlig‘i Toshkent Siddiqov so‘zlariga ko‘ra, bunga tiklash-ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgan.
«Suv ombori qurilishi 1980 yilda boshlanib, 1991 yilda eksplutatsiyaga topshirilgan. Suv ombori 9 million metr kub suv hajmiga ega, hozirgi paytda 5 million 800 metr kub foydali hajmi bor. Asosan Turnabuloq daryosidan to‘yinadi. Yig‘ilgan suv qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun Yakkabog‘ gidrouzeli orqali tarqaladi. Suvni ochishimizga sabab qurilgandan buyon tiklash-ta’mirlash ishlari bajarilmagan edi. Avariya eshigi, sanitar quvurlarida ta’mirlash ishlarini olib borish kerak edi. Ya’ni ularni yangisiga almashtirish zarur. Chunki ularning yillar o‘tib yemirilishi oqibatida suv sizish holatlari kuzatilayotgandi. Suvni to‘liq quritmasdan esa bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun xabarnoma asosida suvni chiqarganmiz. Qizilsuv suv omboridan chiqqan suv Yakkabog‘ gidrouzeli orqali Chimqurg‘on suv omboriga tashlangan. Suv shunchaki oqizib yuborilgani yo‘q», dedi u.
Siddiqov so‘zlariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari «suvning eng kam keladigan mahalda» o‘tkazilmoqda va 4 kun davom etadi.
«Tiklash-ta’mirlash ishlarini uzog‘i bilan 4 kun ichida tamomlaymiz va suv omboriga suv yig‘ishni qaytadan boshlaymiz. Agar vaqtida ta’mirlanmasa, kelgusida fojiali holatlarga olib kelishi mumkin», dedi u.
Qayd qilinishicha, oqizib yuborilgan suvdagi baliqlar masalasida mas’ul hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025