Fan-texnika | 13:00 / 09.05.2020
14113
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Shell rasmiy markazi yoz munosabati bilan o‘ziga xos aksiya uyushtirmoqda

Foto: Shell

Shell xizmat ko‘rsatish markazi motor moyi xarid qilinganida mashinalar moyi, moy filtrini almashtirish va konditsionerlash tizimini bepul tozalash bo‘yicha aksiya uyushtirmoqda.

Karantin tufayli yurtdoshlarimiz bir oydan ortiq muddat shaxsiy avtomobillaridan foydalana olmadilar. Qoidalarning yumshatilishi ortida ko‘pchilik haydovchilar yana mashinalarga o‘tirdilar. Lekin avtomobildan foydalanish oldidan uni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish, texnik holatidan boxabar bo‘lish, zarur hollarda ta'mirlash ishlarini olib borish zarur.

Birinchi o‘rinda avtomobil detallarini qoplab turuvchi, eskirishdan va qizishdan himoyalovchi hamda tozalab turuvchi moylash materiallari holatiga e'tibor berish lozim. Shuningdek, tizimni turli ifloslantiruvchilardan himoyalovchi moy va havo filtrlari ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak.

Yoz kelishi bilan ko‘pchilik haydovchilar juda zarur bo‘lgan moslama – konditsioner holatini nazoratdan o‘tkazishni unutib qo‘yadilar. Ammo mamlakatimiz issiq iqlimi va oddiy unutuvchanlik darhol sezilib qoladi: yuqori harorat tufayli avtomobil salonida bo‘lish nihoyatda og‘irlashadi, haydovchining reaksiyasi pasayadi va bu o‘z navbatida avariyalarga sabab bo‘lish ehtimolini oshiradi. Bejiz xorijning yetakchi avtonashrlari konditsionersiz harakatlanish nafaqat noqulaylik keltirishi, balki xavfsizlikka ham ta'sir qilishini ta'kidlamaganlar.

OilGroup – O‘zbekistondagi yirik moylovchi materiallar yetkazib beruvchisi Toshkentdagi yagona Shell rasmiy xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati qayta boshlangani haqida e'lon qiladi. Markaz karantin sharoitida ishini davom ettirarkan issiq yoz mavsumi oldidan o‘z mijozlariga ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Shell xizmat ko‘rsatish markazidan motor moyi xarid qilinganida konditsionerlash tizimini ko‘pikli tozalovchi vositalar yordamida tozalash bepul amalga oshiriladi.

Bu ichki elementlarning chang va kirlardan tozalash, o‘z navbatida kasallik chaqiruvchi bakteriyalar (hatto zamburug‘ kasalliklari) tarqalishining oldini olish imkonini beradi. Bu vazifa bajarilmasa, avtomobil salonida noxush hid tarqalishi, yo‘lovchilarning umumiy ahvoliga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Mahalliy avtomobillar ya'ni UzAuto Motors (General Motors) avtomobillari uchun mashinalar moyi va moy filtrini almashtirish xizmati ham bepul.

Shell moylovchi materiallarining barchasi tarkibida ko‘p miqdorda noyob komponentlar mavjud bo‘lib, dvigatelning uzluksiz ishlashini ta'minlash, detallar eskirishining oldini olish hamda yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beradi.

Shell mahsulotlarining barchasi dvigatellar ishlab chiqaruvchi zavodlarning yuqori talablariga to‘la javob beradi. Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish markazi barcha xodimlari Shell kompaniyasining yuksak talablari asosida faoliyat olib boradilar.

Oil Group kompaniyasi sanoatning barcha tarmoqlariga, shuningdek, yengil va tijorat texnikasi uchun moylash materiallarini keng ko‘lamda taklif qiladi. Keng logistik tarmoq va shaxsiy ombor binolari tufayli kompaniya o‘z mahsulotlarini butun respublika bo‘yicha qisqa muddatlarda yetkazib bera oladi.

Aksiya muddati: 09.05.2020 dan 09.08.2020 gacha.

Shell xizmat ko‘rsatish markazi manzili: Yunusobod tumani, Yunus-Ota ko‘chasi, 19-kvartal.

Mo‘ljal: UzmalOil AYoQSh.

Batafsil ma'lumotlarni +998 98 117-87-11 raqami yoki www.premium-oil.uz sayti orqali olish mumkin.

Bizning Instagram sahifamizga a'zo bo‘ling: @shell_uz_service_center

OilGroup kompaniyasi bosh ofisi:

Ma'lumotlar uchun telefon: +99878 148-11-48

Veb-sayt: www.oilgroup.uz

Telegram: https://t.me/OilGroupCorp

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid