Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro janjal o‘lim bilan yakun topdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 6 may kuni soat 18:30da Koson tumanida yashovchi fuqaro, 19 yoshli U.D. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida aravakashlik bilan shug‘ullanuvchi, Qamashi tumanida yashovchi 47 yoshli A.X. bilan Qarshi tumani “Saroy” qishlog‘i Saroy ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan bino oldi tomonidagi maydonida spirtli ichimlik iste'mol qilishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, U.D. tanishi A.X. uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli, chap qo‘lini mushti bilan A.X.ning jag‘, yuz va bo‘yin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohatlari yetkazgan.
Oqibatda A.X. og‘ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelishiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025