Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobadagi chodirlar shaharchasidan fotoreportaj
Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga 2 may kuni yetib kelishdi. Shu kunning o‘zidayoq vaqtincha joylashish uchun chodir shaharcha tiklandi.
Bu yerda 200ga yaqin harbiy texnikalarga mo‘ljallangan park hozirlandi. Bir necha soatda 2000 kishilik yotoqxona, yuvinish uchun joy, oziq-ovqat omborxonasi va boshqa texnik ta'minot obektlari tayyorlandi. Lager xavfsizligini ta'minlash uchun patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.
Mudofaa vazirligi texnik ta'minot bosh boshqarmasi tomonidan safar vaqtida shaxsiy tarkibning ta'minot holati, moddiy va texnik resurslarni yanada takomillashtirish maqsadida sardobadagi harbiy shaharchalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirildi.
Hozirgi kunda harbiylar aholi xonadonlarida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan sardobaliklarga beg‘araz yordam ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bugun kechagi suv toshqinidan ko‘ra, mahallalarda hayot o‘z iziga tushayotganini ko‘rish mumkin..
Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari hozirda “Sardoba” suv omboridan birinchi talafot ko‘rgan namunali uylarda tozalash ishlarini olib bormoqda.
Bundan tashqari, harbiy psixologlar talafotdan jabr ko‘rgan oilalarga psixologik ko‘mak bermoqda. Bolalar bilan vaqtinchalik joylashgan maskanda treninglar tashkil etilmoqda.










Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022