Jahon | 08:28 / 15.05.2020
14137
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp koronavirus sababli ikki yaqin do‘stini yo‘qotganini so‘zlab berdi

AQSh prezidenti koronavirus sababli 5 tanishi vafot etganini va bu “ayanchli hol” ekanini ma'lum qildi. 

Foto: REUTERS/Carlos Barria

Donald Trampning ta'kidlashicha, uning ikki yaqin do‘sti koronavirusga chalingach hayotdan ko‘z yumgan. AQSh prezidenti bu haqda Pensilvaniya shtatida tibbiy vositalarni taqsimlash markazi xodimlari oldidagi nutqida so‘zladi. 
 
“Men 5 tanishimni yo‘qotdim, ulardan 2 nafari bilan juda qalin do‘st edik”, deb aytgan Tramp.
 
Uning ta'kidlashicha, gripp yoki shamollashda odamlar odatda 2 kundan keyin o‘zlarini yaxshi his qila boshlaydilar, biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda do‘stlarining ahvoli tobora og‘irlashib borgan.
 
“Siz ular o‘zlarini qanday his qilayotganlarini bilish uchun 2 kundan keyin qo‘ng‘iroq qilsangiz, sizga “Ser, ular komada”, deb javob qilishadi”, deb aytgan Tramp.

Biroq AQSh prezidentining tan olishicha, tanishlari koronavirusga chalinishgacha ham sog‘liqlarida muammolarga ega bo‘lganlar.    

Mavzuga oid