Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabidan Isroilga tarixdagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys amalga oshirildi
Etihad Airlines aviakompaniyasi BAA poytaxti Abu-Dabidan Isroilga tarixdagi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi. Samolyot falastinliklar uchun insonparvarlik yordami yetkazgan.

Foto: AFP/Getty Images
Samolyot Isroilga 19 may kechki payt qo‘ngan. Bu haqda Jerusalem Post nashri xabar berdi. Samolyotda Iordan daryosi g‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektoridagi falastinliklar uchun insonparvarlik yordami bo‘lgan.
Jumladan, reys bilan 16 tonna tibbiy vositalar, jumladan shaxsiy himoya vositalari va 10 dona o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasi yetkazilgan.
BMTning Yaqin Sharqdagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha maxsus koordinatori Nikolay Mladenov BAA hukumati va xalqiga falastin xalqini muntazam qo‘llab-quvvatlab kelayogani uchun minnatdorlik bildirgan.
“BAA muhim hamkor bo‘lib, uning bu og‘ir vaziyatda tinchlik va falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashi yuqori baholanadi. Global birdamlik barchamiz uchun manfaatli. Bugun biz Ikkinchi jahon urushidan beri eng murakkab inqirozga to‘qnash keldik. Biz birgalikda ishlabgina, undan o‘ta olamiz”, deb aytgan Mladenov.
BAA va Isroil diplomatik aloqalarga ega emas. Parvozni Isroil tashqi ishlar vazirligi muvofiqtlashtirib turgan.
Ushbu reys Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashgani ortida amalga oshirildi. Oxirgi haftalar Fors ko‘rfazining 6 davlatidan uchtasi, jumladan BAA koronavirus inqirozi bilan bog‘liq tibbiy masalalar bo‘yicha Isroil bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi

20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi

19:43 / 26.05.2025