Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 75 dona gugurt qutisiga yashirilgan og‘uni fosh etishdi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Chiroqchi tumanining qo‘shni Samarqand viloyati bilan chegara hududidagi aylanma yo‘llar orqali harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, transport vositasining old o‘rindig‘i ostiga fuqaro U.M.ga tegishli, 75 dona gugurt qutisiga joylangan 224 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirilganligi va ushbu zahri qotillar Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025