Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turli mamlakatlarda karantindan qanday chiqilmoqda?
2020 yilning 1 may kuni AQShning Monopoliyaga qarshi federal xizmati (FAS) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta'siriga bag‘ishlangan ma'ruzasini e'lon qildi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, virus global iqtisodiy o‘sishni oyiga 20 foizga qisqartirishi mumkin. Biroq pandemiyaning to‘liq ta'sirini bilish uchun barcha oqibatlarni o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Shunga qaramay, pandemiya va karantinning ayrim oqibatlarini hozirning o‘zidayoq ko‘rish mumkin: ko‘plab mamlakatlar karantin choralarini asta-sekin yumshatayotgani sababli shahar ko‘chalari, metro va savdo markazlarida yangi texnologik uskunalar o‘rnatilyapti.
Xitoy qat'iy karantindan chiqqan ilk mamlakat bo‘ldi. Mart oyi oxiridayoq internetda ofis va savdo markazlarining kirish qismiga o‘rnatilgan ulkan dezinfeksiya qiluvchi darvozalar suratlari paydo bo‘ldi. Quyida karantin choralari yumshatilayotgan mamlakatlardagi vaziyat aks etgan suratlar to‘plami taqdim etiladi.
Koronavirusdan keyingi dunyo

Foto: Dailymail
Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahridagi kompaniya sanoat kompleksi xodimlariga dezinfeksiya vositasini sepish uchun ilk marta dezinfeksiya qiluvchi maxsus tunnel qurdi. Tunnel infraqizil detektorlar bilan jihozlangan. U tunnelga odam kirganini aniqlaydi.
Pandemiyadan keyingi ofis

Foto: Reuters
Hozirda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ofislarni qayta jihozlash ishlari davom etmoqda. Uydan ishlay olmaydigan soha xodimlari alohida xonada faoliyat yuritishmoqda yoki 1,5 metrlik masofa saqlash tartibiga amal qilishmoqda.
Pandemiyadan keyingi maktablar

Foto: Reuters
Janubiy Koreya tomonidan qo‘llangan yondashuv ish bermoqda. Janubiy Koreya va Xitoydagi maktablar ishlamoqda, o‘quvchilari esa yangicha sharoitlarda imtihon topshirishmoqda.
Liftda qanday foydalanish lozim?

Foto: Reuters
Uydan chiqishdan oldin qo‘lga qo‘lqop kiyish kerak. Ana shunda lift tugmasini bexavotir bosish mumkin. Bundan tashqari, ayrim hollarda zinapoyadan foydalanish foydaliroq. Nima bo‘lganda ham muayyan vaqt mobaynida ijtimoiy masofani saqlash kerak.
Samolyotda qanday uchish kerak?

Foto: Douglas R. Clifford/Tampa Bay Times via AP
Yaqinda CNN jurnalisti Vil Ripley xalqaro parvozlar endilikda qanday ko‘rinishda ekanini batafsil tasvirladi. Jurnalist tomonidan olingan foto va videoda Yaponiyadagi deyarli bo‘m-bo‘sh aeroport, tahlillar uchun bankalar, himoya niqoblarini taqib olgan odamlarni ko‘rish mumkin. Ripleyning qayd etishicha, samolyot 109 nafar yo‘lovchi bilan uchgan.
Metroda qanday yurish kerak?

Foto: AP
Metro – pandemiya davrida salomatlik uchun eng xavfli joylardan biri. Infeksiya tarqalishi xavfini kamaytirish maqsadida turli mamlakatlar metropolitenlari ushbu transport vositasidan foydalanish uchun qoidalar kiritishmoqda. Asosiysi – ijtimoiy masofani saqlash. Umuman olganda, bu yomon emas. Poyezdlar tiqilinch holda yurmaydi.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

13:46 / 14.03.2025