O‘zbekiston | 22:02 / 26.05.2020
73547
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgdan amalga oshirilgan charter reysning 86 yo‘lovchisida koronavirus aniqlangan

Xorijdan vatandoshlarni qaytarish bo‘yicha tashkil etilgan charter reyslarda eng ko‘p koronavirusga chalinish holati 14 may kuni Sankt-Peterburg shahridan olib kelingan fuqarolarda qayd etilgan: Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bu reysning 86 yo‘lovchisida Covid-19 aniqlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

SSV boshqarma boshlig‘i Bahromjon Egamberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 14 kunda 17ta charter reys 4056 fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

So‘nggi ikki haftada chegara o‘tkazish postlari orqali 11 216 kishi kirib kelgan.

Ular va ular bilan muloqotda bo‘lganlar bilan birgalikda hisoblanganda, jami 20 035 fuqaro statsionar karantinga olingan.

Oxirgi ikki haftada O‘zbekistonda 734 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yildi, shundan 283 nafari – Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolardir.

Xorijdan charter reyslar bilan olib kelinganlar orasida eng ko‘p kasallanish holati 14 may kungi «Sankt-Peterburg – Toshkent» charter reysi bilan bog‘liq: unda olib kelinganlarning 86 nafarida koronavirus aniqlangan.

Chegara o‘tkazish postlari orqali kirib kelganlar orasida eng ko‘p kasallanish holati esa Qozog‘iston Respublikasidan «G‘ishtko‘prik» chegara postidan kirib kelgan fuqarolar orasida aniqlandi. Ularning soni 99 nafar.

Mavzuga oid