Jahon | 15:21 / 29.05.2020
3557
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ichki aviareyslar tiklanadi

Mamlakat ichidagi reyslar 25 martdan to‘xtatilgandi.

Foto: Nikolay Ustinov

Qirg‘izistonda koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatib qo‘yilgan ichki aviareyslar 8 iyundan tiklanadi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ma'lum qildi.

"Qirg‘izistonda 8 iyundan muntazam ichki aviareyslar tiklanadi. Bishkek-O‘sh aviaqatnovi bir kunda bir marta amalga oshiriladi", - dedi u.

Mamlakat ichidagi reyslar 25 martdan to‘xtatilgandi.

Boronovning so‘zlariga ko‘ra, reyslar sanitar-epidemiologik me'yorlarga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

"Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Qirg‘izistonda 1662 kishida koronavirus aniqlangan, 16 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid