Jahon | 21:12 / 01.06.2020
41066
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh shaharlaridagi tartibsizliklar. Asosiy ma'lumotlar

Foto: Jim Bourg / Reuters

AQShda afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sababli bir necha kundan buyon tartibsizliklar davom etmoqda. Mamlakatning o‘nlab shaharlarida komendantlik soati joriy etildi.

Voqealar rivoji

  • AQShdagi tartibsizliklar bir haftacha avval, 25 may kuni afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida halok bo‘lganidan boshlandi.
  • Namoyishlar Floydning o‘limi sodir bo‘lgan Minneapolisda boshlandi va tartibsizliklarga aylanib ketdi.
  • Boshqa shaharlarda dastlab tinch namoyishlar bo‘lib o‘tayotgandi, ammo keyin ularda ham tartibsizliklar boshlandi.
  • Namoyishlar davomida 4 mingdan ortiq kishi hibsga olindi, bir necha kishi halok bo‘ldi.
  • Tartibsizliklar sababli milliy gvardiyaning 5 ming askari safarbar qilindi, yana 2 ming askar jangovar shay holatda turibdi.
  • Noroziliklar bois 40ga yaqin shaharda komendantlik soati joriy etildi.
  • CNN telekanalining xabar berishicha, Oq uy yaqinidagi tartibsizliklar chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya va o‘g‘li Berron bilan bir soatga yaqin vaqtini bunkerda o‘tkazgan.

Namoyishlar sababi

Foto: Justin Sullivan / Getty Images
  • 46 yoshli Floyd soxta puldan foydalanganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Politsiyachilardan biri Derek Shovin Floyd nafas ololmay qolganini aytishiga qaramasdan, uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan.
  • Bu holat tasvirlangan lavha internetda tarqaldi.
  • Floyd bir necha soatdan keyin kasalxonada vafot etdi.
  • Uni qo‘lga olishda ishtirok etgan to‘rt politsiyachi ishdan bo‘shatildi.
  • Shovin qotillikda ayblanib hibsga olindi.
  • Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, Floyd bo‘g‘ilishdan emas, salomatligi bilan bog‘liq muammolar va ehtimoliy zaharlanish oqibatida vafot etgan. Floydning qarindoshlari ekspertiza natijasidan norozi bo‘ldi va mustaqil ekspertlarga murojaat qilmoqchi.

Tartibsizliklarga nisbatan javob

Foto: Spencer Platt / Getty Images
  • AQSh prezidenti Donald Tramp bu namoyishlarning adolatga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi va mamlakatda boshboshdoqlikka yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi.
  • Sobiq prezident Barak Obamaning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays tartibsizliklarga Rossiya aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surdi.
  • Kreml uningbu nuqtai nazarini xato deb atadi.
  • Amerika amaldorlari ommaviy namoyishlar COVID-19 tarqalishi kuchayishiga olib kelishidan xavotirlanmoqda, deb yozadi The New York Times.

Mavzuga oid