Timur Ishmetov: «Moliyaviy nazorat tizimini to‘liq isloh qilish kerak»
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardayev davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish jarayonida Hisob palatasi tomonidan xalq ta'limi muassasalari tizimida 192 mlrd so‘mlik mablag‘ budjet intizomini buzgan holda sarflangani aniqlanganiga e'tibor qaratdi. U barcha vazirliklar huzurida moliyaviy nazorat, ya'ni ichki audit xizmati yo‘lga qo‘yilgani, nima uchun bu kamchiliklar XTV ichki audit xizmati tomonidan o‘z vaqtida aniqlanmagani bilan qiziqdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmatining xabar berishicha, moliya vaziri Timur Ishmetov deputatning e'tirozi o‘rinli ekanini ta'kidlab, tez orada ushbu tizim to‘liq isloh qilinishini ma'lum qildi.
“Moliyaviy nazorat tizimini tubdan isloh qilish kerak. Har bitta vazirlik ichidagi ichki audit departamentiga qo‘shimcha bir komplayens shakldagi tizimni yo‘lga solamiz. Barcha vazirliklarning faoliyatini joyiga borib tekshirishning imkoni yo‘q.
Endi bu tekshirishdan voz kechib, ko‘proq komplayens, ya'ni turli tahlillar o‘tkazib, ma'lum bir ko‘rsatkichlar orqali qaysi hudud, soha va yo‘nalishda ko‘proq kamchilik borligini aniqlaymiz va moliyaviy xatar eng yuqori bo‘lgan joylargagina chiqib tekshirish o‘tkazamiz. Yaqin orada shu tizimga to‘liq o‘tamiz. Umuman, davlat moliyasini nazorat qilish tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasini yaqin orada parlamentga taqdim etamiz”, deya Timur Ishmetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
2019 yilda budjet tashkilotlarida 30 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgani ma'lum qilindi
Hokimliklar deputatlar bilan kelishmasdan mahalliy budjetlarga o‘zgartishlar kiritgani aniqlandi
Mavzuga oid
17:36 / 30.04.2024
Banklar Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etadi
17:55 / 07.06.2023
“Finishga yaqinlashish vaqti keldi” - Kristalina Georgiyeva JSTga a’zolikni tezlashtirishga chaqirdi
19:03 / 19.12.2022
O‘zbekiston 2023 yilda 4,5 mlrd dollar tashqi qarz olishni rejalashtirmoqda
13:22 / 22.11.2022